Rasman! “Milan”ning sobiq futbolchisi faoliyatini Segundada davom ettiradi
FOTO: Getty Images
“Milan”, “Liverpul” va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Suso faoliyatini Segunda vakili “Kadis”da davom ettiradi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar to'rt yilga mo'ljallangan shartnoma imzolagan. 31 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida 11-raqamda harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, Susoning so'nggi klubi “Sevilya” edi. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golga assistentlik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 2,5 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist