Rafinya: «Hakamga qarshi ham kurashishga to‘g‘ri kelsa, futbol o‘ynash qiyinlashadi»
Braziliya milliy jamoasi vingeri Rafinya Dias Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi hakamlikdan noroziligini bildirdi. Ushbu bahsda braziliyaliklar 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«Jahon chempionatidan keyin o‘sishga erishyapmiz, asta-sekin o‘z o‘yinimizni topyapmiz. Menimcha, yaxshi o‘ynadik!
Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda ancha kuchli harakat qildik. Lekin hakamga qarshi ham kurashishga to‘g‘ri kelsa, futbol o‘ynash qiyinlashadi. Bu hammasini murakkablashtiradi.
Aybimiz yo‘q demayman. Hali ko‘p jihatlarni yaxshilashimiz kerak va buni albatta qilamiz. Lekin bugungi hakamlikni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi», — dedi Rafinya The Touchline nashriga bergan intervyusida.
Yaponiya esa g‘alaba golini uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida urdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Rafinya 71-daqiqada zaxiraga olindi. 90+2-daqiqada esa unga qizil kartochka ko‘rsatildi.