Argentina terma jamoasi Urugvayga mag‘lub bo‘ldi
Barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi.
Futbol
ФОТО: Getty images
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
13.11.2026, Yak.
Argentina
1
Urugvay
2
Argentina terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. Buenos-Ayres shahridagi «Bombonera» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda amaldagi jahon chempioni prinsipial raqibiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Argentina terma jamoasi himoyachisi Leonardo Balerdi to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. 53-daqiqada esa Maksimiliano Arauxo mehmonlarning ustunligini yanada oshirdi. 73-daqiqada Xulian Alvarez hisobdagi farqni bitta golga qisqartirib, uchrashuvga yana intriga qaytardi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Argentina – Urugvay 1:2 (0:0)
Gollar: Alvarez, 73 – Balerdi 46 (avtogol), Arauxo, 53.