locale OZ

Amorim Ronaldu­ning terma jamoadagi faoliyati yakunlangani haqida fikr bildirdi

Uning mamlakat uchun ta’siri haqida ham aytdi.
Futbol
Amorim Ronaldu­ning terma jamoadagi faoliyati yakunlangani haqida fikr bildirdi
Фото: Getty Images

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida e’lon qildi. Ushbu qaror yuzasidan «Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim ham o‘z munosabatini bildirdi.

«Bu terma jamoadagi faoliyatni yakunlashning eng yaxshi usuli bo‘lmadi. Uning mamlakatimiz uchun qilgan ishlari barchaga ma’lum. Krishtianu Ronalduni butun dunyo taniydi, ko‘pchilik Portugaliya haqida ham aynan u orqali bilib olgan. U futbol maydonidan tashqarida ham mamlakatimizga foyda keltirishda davom etishi mumkin», — deya Amorimning so‘zlarini keltirmoqda Pianeta Milan nashri.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida Italiya chempionatida ham to‘p surgan. Biroq u «Milan» emas, balki Turinning «Yuventus» klubi sharafini himoya qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting