O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Erondan ustun keldi
O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Erondan ustun keldi
Farg‘onadagi bahsda Eldor Shomurodov dublni rasmiylashtirdi. Uning milliy jamoadagi gollari soni 47 taga yetdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi Farg‘onada Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu milliy jamoaning jahon chempionatidan keyingi ilk bahsiga aylandi. Unda Fabio Kannavaro jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda dastlab 10-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni ochdi. 49-daqiqada Rizoyan muvozanatni tikladi. 58-daqiqada Shomurodov penaltini aniq amalga oshirib, bellashuvda dublni rasmiylashtirdi. Husayn Norchayev yakuniy nuqtani qo‘ydi.
O‘zbekiston – Eron 3:1
Gollar: Eldor Shomurodov 10, 58 penalti, Norchayev 90+4 – Ramin Rizoyan 49
O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Abduqodir Husanov, 4.Behruz Karimov (Hojiakbar Alijonov, 82), 5.Jahongir O‘rozov, 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odil Hamrobekov (Sherzod Esanov, 82), 10.Aziz G‘aniyev (Diyor Xolmatov, 59), 13.Sherzod Nasrullayev (Mahmud Mahammadjonov, 82), 14.Eldor Shomurodov (Husayn Norchayev, 89), 17.Doston Hamdamov (Ruslan Jiyanov, 59), 22.Abbos Fayzullayev.
Eron: 1. Alirizo Beyronvand, 2. Saleh Hardani ( 23. Ramin Rizoyan, 46), 3. Ehson Hajisafi ( 16. Mohammad Gorbani,64), 6. Said Izatollahi, 9. Mehdi Taremi, 17. Aria Yusufi, 18. Saman Fallah, 19. Ali Nemati, 21. Omid Noorafkan, 24. Dennis Dargahi (20. Sardar Azmun,46), 29. Mohammadmahdi Mohebi (25. Amirhussain Mahmudi, 64)