O‘zbekiston kubogi. OKMK «Guliston»ni mag‘lub etib, ilk yarimfinalchiga aylandi
Chorakfinalning dastlabki bahsi olmaliqliklar g‘alabasi bilan tugadi.
photo: OKMK fk
O‘zbekiston kubogi. OKMK «Guliston»ni mag‘lub etib, ilk yarimfinalchiga aylandi
Chorakfinalning dastlabki bahsi olmaliqliklar g‘alabasi bilan tugadi.
O‘zbekiston kubogi chorakfinal bosqichidan o‘rin olgan OKMK — «Guliston» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Unda Mirjalol Qosimov shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchdi. Olmaliqliklar safida gollarga Ivan Peshich va Nodir Abdurazzoqov mualliflik qildi.
Shu tariqa, OKMK birinchi bo‘lib yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Sensatsiyalar qayd etib kelayotgan «Guliston esa o‘z yurishini chorakfinal bosqichida yakunladi.