O‘rtoqlik o‘yinlari. Janubiy Koreya Ekvadorni, Yaponiya esa Urugvayni mag‘lub etdi
O‘rtoqlik o‘yinlari. Janubiy Koreya Ekvadorni, Yaponiya esa Urugvayni mag‘lub etdi
Osiyo jamoalari o‘rtoqlik bahslarida g‘alaba qozondi.
Janubiy Koreya va Yaponiya milliy jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvlarida navbatdagi g‘alabalarini qo‘lga kiritdi.
Janubiy Koreya Ekvadorni 3:0 hisobida taslim etdi. Birinchi bo‘lim golsiz yakunlangan bahsda barcha gollar ikkinchi taymda urildi. O Hyongyu 54-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Son Xyon Min 58-daqiqada farqni oshirdi. Li Dong Gyong 86-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Yaponiya esa Urugvay ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kvon Matsuki 11-daqiqada yaponlarni oldinga olib chiqdi. 42-daqiqada Maksimiliano Arauxo hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Yaponiya yana ikki bor gol urib, g‘alabani rasmiylashtirdi. Ulardan biriga Ayase Ueda mualliflik qildi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Janubiy Koreya — Ekvador 3:0
Gollar: O Hyongyu 54, Son Xyon Min 58, Li Dong Gyong 86.
Janubiy Koreya: Kim Son Gyui, Li Xan Bom, Kim Min Je, Sol Yun U, Cho Xyon Tek, Li Chxe Son, Pak Jin Sop, So Min U, Son Xyon Min, O Hyongyu, Chon Sin Von.
Ekvador: Galindes, Pacho, Presiado, Franko, Poroso, Estupinyan, Arroyo, Vite, Angulo, Kaysedo, Yeboa.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Yaponiya — Urugvay 3:1
Gollar: Matsuki 11, Arauxo 42, Ueda.
Yaponiya: Xayakava, Seko, Itakura, Suzuki, Doan, Matsuki, Sano Kaysyu, Sano Kodai, Mayeda, Nakamura, Ito.
Urugvay: Mele, Olivera, Arauxo, Arauxo Maksimiliano, Bentankur, Nandes, Torreyra, Rodriges, Vinyas, Sanabriya, Nunes.