locale OZ

Nevill «Manchester Siti»dagi muammolar jamoa natijalariga ta’sir qilayotganini aytdi

Ayni vaqtda jamoa 21 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining uchinchi pog‘onasidan joy olgan.
Futbol
Nevill «Manchester City»dagi muammolar jamoa natijalariga ta’sir qilayotganini aytdi
Фото: Getty Images

Sobiq futbolchi Gari Nevill Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalari buzilishi bilan bog‘liq vaziyat «Manchester Siti»ning maydondagi natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

«Hozir jamoada nimadir aniq o‘xshamayotgani ko‘rinib turibdi va bu xavotir uyg‘otmoqda. Barchasi klub ustida turgan jiddiy muammoga ishora qilmoqda. So‘nggi to‘rt-olti hafta davomida klub atrofidagi salbiy axborotlar oqimi juda kuchli bosimni yuzaga keltirdi va bu futbolchilarga ham muayyan darajada ta’sir o‘tkazmoqda», — deya Nevillning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan «shaharliklar» keyinchalik Angliya chempionatida ketma-ket uchta mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Enzo Mareska shogirdlari «Aston Villa»ga (1:2), «Brayton»ga (0:1) va «Nottinghem Forest»ga (1:3) imkoniyatni boy berishdi.

Ayni vaqtda jamoa 21 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining uchinchi pog‘onasidan joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting