locale OZ

Uli Heness Musialaning kelajagi borasida xavotir bildirdi

2026-yil avgust oyida germaniyalik yarim himoyachi uchrashuvlar davomida ikki marta hushini yo‘qotgan.
Futbol
Uli Heness Musialaning kelajagi borasida xavotir bildirdi
Фото: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi faxriy prezidenti Uli Heness salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelgan yarim himoyachi Jamol Musialaning kelajagi borasida xavotir bildirdi.

74 yoshli funksionerning so‘zlariga ko‘ra, germaniyalik futbolchining kasalligini oddiy davolash usullari bilan butunlay bartaraf etib bo‘lmaydi. Uning holatini dori-darmonlar yordamida nazorat qilib turish talab etiladi.

«Biz qiyin vaziyatga duch keldik. Unda oddiy davolash bilan butunlay bartaraf etib bo‘lmaydigan kasallik bor. Biroq uni ma’lum darajada dori-darmonlar yordamida nazorat qilish mumkin. Ammo u avvalgi darajasiga qayta oladimi?» — dedi Heness.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil avgust oyida germaniyalik yarim himoyachi uchrashuvlar davomida ikki marta hushini yo‘qotgan. Har ikki holatda ham futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri kelgan.

Keyinchalik Musiala shifokorlar unda nevrologik disfunksiya bilan bog‘liq qisqa muddatli absanslar (hushning qisqa vaqtga o‘chishi) aniqlaganini ma’lum qilgan. 23 yoshli Jamol Musiala 2020-yildan buyon «Bavariya» asosiy jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda va klubning yetakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting