Nazorat bahsi. «Yuventus» «Nitssa»ni mag'lub qildi
«Yuventus» klubi yangi mavsum oldidan o‘rtoqlik bellashuvini o‘tkazdi.
photo: gettyimages
«Yuventus» klubi yangi mavsum oldidan o‘rtoqlik bellashuvini o‘tkazdi. Turinliklar Fransiyaning «Nitssa» jamoasiga qarshi o‘ynab, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida braziliyalik yarimhimoyachi Duglas Luis hisobni ochdi. 89-daqiqada hujumchi Jastin Oboavoduo esa yakuniy qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Yuventus» Italiya A Seriyasida 38 turdan keyin 69 ochko to‘plab, 6-o‘rinni egallagan va Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgan edi. «Nitssa» esa Fransiya Liga 1 bahslarini 34 o‘yinda 32 ochko bilan 16-pog‘onada yakunlagan.
O‘rtoqlik o‘yini
Yuventus – Nitssa 2:0
Gollar: Duglas Luis 11, Oboavoduo 89
Ibrohim Jalolov
Redaktor