Mourino: \"Maoshimga tegmang\"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘yinlar sonini kamaytirish evaziga maoshini pasaytirishga rozi emasligini tan oldi.
Futbol
photo: gettyimages
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘yinlar sonini kamaytirish evaziga maoshini pasaytirishga rozi emasligini tan oldi.
"Luis Enrike o‘yinlar soni kamaysa, maoshimning 20 foizidan voz kechishga tayyorman, dedimi? Yo‘q, bu menga tegishli emas. Maoshimga tegmang", — dedi Mourino tabassum bilan. Uning so‘zlarini Madrid Xtra keltirmoqda.
Mourino joriy mavsum boshlanishidan oldin "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Shundan buyon "qaymoqranglilar" Ispaniya chempionatida 13 ta uchrashuv o‘tkazib, 33 ochko jamg‘ardi. Ayni paytda madridliklar 36 ochkoga ega "Barselona"dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.