O‘zbekiston Iordaniya va Kuveyt bilan o‘zaro hamkorlik qiladi
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Kuveyt va Iordaniya dzyudo federatsiyalari o‘rtasida keng qamrovdagi hamorlik Memorandumi imzolandi. Tadbirda Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Ijroqo‘m a’zosi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, Kuveyt dzyudo federatsiyasi prezidenti Yusef Al-Enazi hamda Iordaniya dzyudo federatsiyasi prezidenti Sultan Al-Avamleh ishtirok etdi.
Memorandum o‘z ichiga murabbiylar, hakamlar va mutaxassislar yo‘nalishida hamkorlik qilish, zamonaviy tayyorgarlik uslublari bo‘yicha tajriba almashish, terma jamoa dzyudochilari ishtirokidagi qo‘shma xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish kabi har ikki tomonga ham manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni oladi.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro imzolangan memorandum doirasida federatsiyalar munosabatlarining hozirgi holatiga baho berib, uni yanada mustahkamlash, xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan hamkorlikni yanada izchil rivojlantirishga kelishib olishdi.