Mourinio «Real» muxlislari haqida: «Men hech kimni tanqid qilganim yo‘q»
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «Santyago Bernabeu» stadionida muxlislarning jamoani qo‘llab-quvvatlashi haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis futbolchilar muxlislar noroziligini ham qabul qila olishi muhimligini qayd etdi.
«Men hech kimni tanqid qilganim yo‘q. Menimcha, buni tushundingiz. Hech qachon bunday qilmagan bo‘lardim. Muxlislar — bu klubning o‘zi. Eng muhimi ham ular. Ammo bunday sharoitda o‘ynash qiyinroq. Seni qo‘llab-quvvatlashayotganida maydonga tushish, stadion senga qarshi bo‘lganidan ko‘ra ancha oson.
Safarda muxlislar senga qarshi bo‘lsa, bu ajoyib — hatto qo‘shimcha motivatsiya ham beradi. Ammo o‘z maydoningda vaziyat ancha murakkab. Bunday holatlarga bardosh berishni bilish kerak. Albatta, bu yordam bermaydi, biroq nima bo‘lishidan qat’i nazar, o‘yinni davom ettira olish muhim.
«Real» futbolchisining fazilatlaridan biri ham shunda — bunday bosimga dots. berish, qo‘rqmasdan o‘yinni davom ettirish va tavakkal qilish», — deya Mourinioning so‘zlarini klub rasmiy sayti keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» shanba kuni La Liga 13-turi doirasida o‘z maydonida «Selta»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.