locale OZ

Ostana shahrida World Tayekwondo Final Gran-prisi o‘tkaziladi

Qozog‘istonning Ostana shahri 28–29-noyabr kunlari World Tayekwondo Final Gran-pri turniriga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Ostana shahrida World Tayekwondo Final Gran-prisi o‘tkaziladi
photo: taekvando Uzbekistan

Ostana shahrida World Tayekwondo Final Gran-prisi o‘tkaziladi

Qozog‘istonning Ostana shahri 28–29-noyabr kunlari World Tayekwondo Final Gran-pri turniriga mezbonlik qiladi. «Zhaksylyk Ushkempirov jang san’atlari saroyi»da o‘tkaziladigan musobaqalar 2026-yilgi Gran-pri mavsumiga yakun yasaydi.

Final Gran-pri Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini qo‘lga kiritishda muhim imkoniyat hisoblanadi. 2026-yilgi World Tayekwondo Gala mukofotlari marosimi esa 29-noyabr oqshomida, musobaqalarning so‘nggi kunida Ostonada bo‘lib o‘tadi.

Turnir ikki kun davom etadi. Unda 36 mamlakatdan 128 nafar sportchi va Butunjahon qochqinlar jamoasi ishtirok etadi. Musobaqa sakkiz vazn toifasida tashkil etiladi: erkaklar −58 kg, −68 kg, −80 kg va +80 kg; ayollar −49 kg, −57 kg, −67 kg va +67 kg vaznlarda bahs olib borishadi.

Sportchilar 2026-yil noyabr oyidagi Olimpiya reytingida har bir vazn toifasi bo‘yicha kuchli 30 talikka kirgani yoki 2026-yilda o‘tkazilgan uchta Gran-pri musobaqasidan birida oltin yoxud kumush medal olgani uchun saralangan. 2026-yilgi Gran-pri seriyasi musobaqalarida medal qo‘lga kiritgan jami 63 nafar sportchi ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

28-noyabr — musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida −68 kg va −80 kg, ayollar o‘rtasida esa −49 kg, −57 kg va +67 kg vazn toifalaridagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi kuni, 29-noyabrda esa erkaklar −58 kg va +80 kg, ayollar esa −67 kg vazn toifasida kuch sinashadi.

2026-yilgi World Tayekwondo Gala mukofotlari marosimida yilning eng yaxshi sportchilari va tayekvondoga hissa qo‘shgan insonlar e’tirof etiladi. Mukofotlar qatoriga yilning eng yaxshi ayol va erkak sportchisi; yilning eng yaxshi ayol va erkak hakami; yilning eng yaxshi murabbiyi; yilning eng yaxshi zarbasi; yilning eng yaxshi milliy a’zo assotsiatsiyasi (MNA) va boshqa nominatsiyalar kiradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting