Edegor «Arsenal» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
«Arsenal» sardori Martin Edegor jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Insayder Janluka Di Marsioning ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» norvegiyalik 27 yoshli futbolchi bilan yangi bitim borasida muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027/28-yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. Biroq jamoa rahbariyati shartnoma tugashiga bir yil qolguniga qadar kutishni istamayotgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv to‘siqlarsiz amalga oshishi kutilmoqda. Chunki har ikki taraf ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor.
Martin bu mavsumda «Arsenal» safida barcha turnirlar doirasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.