O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Friendly Cup” g‘olibi boʻldi
20–22-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida 5×5 formatidagi futbol bo‘yicha “Friendly Cup” xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
photo: paralympic
O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Friendly Cup” g‘olibi boʻldi
20–22-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida 5×5 formatidagi futbol bo‘yicha “Friendly Cup” xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.
Turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Chexiya milliy terma jamoalari ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa davomida jami 4 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va 2 ta durang natijasi bilan maydonga tushdi. Jamoa o‘z o‘yinlarida birorta ham gol o‘tkazmasdan, 8 ochko to‘pladi va turnir jadvalida 1-o‘rinni egalladi.
Yakuniy turnir jadvalida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinda, Qozog‘iston terma jamoasi 2-o‘rinda, Chexiya terma jamoasi esa 3-o‘rinda joy oldi.