locale OZ

«Istiqlol» — 15 karra Tojikiston chempioni

Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi Dushanbe klubi qatorasiga 13-yildirki mamlakat chempionligini hech kimga bermay kelmoqda.
Futbol
«Istiqlol» — 15 karra Tojikiston chempioni
photo: gettyimages

Tojikiston Oliy ligasi 21-turida «Istiqlol» klubi mehmonda «Barkchi» bilan bellashdi. Unda poytaxtliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan oldin mamlakat chempioniga aylandi.

Vitaliy Levchenko jamoasi o‘z tarixida 15-bor chempion bo‘ldi. Qolaversa, jamoa qatorasiga 13-yildirki, chempionlikni hech kimga bermay kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Levchenko o‘tgan yili «Neftchi» bilan O‘zbekiston Superligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Yil boshida u Dushanbe klubini qabul qilib, yana mamlakat chempioniga aylantirdi.

Tojikiston Oliy ligasi. 21-tur
Barkchi – Istiqlol 1:5

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting