locale OZ

Florentino Peres «Real» va «Barselona»ga nisbatan hakamlarning qarorlari bo‘yicha statistikani keltirdi

Madrid klubi a’zolarining umumiy yig‘ilishida so‘zga chiqqan Peres yana bir bor «Negreyra ishi»ga to‘xtaldi.
Futbol
Florentino Peres «Real» va «Barselona»ga nisbatan hakamlarning qarorlari bo‘yicha statistikani keltirdi
photo: gettyimages

Florentino Peres «Real» va «Barselona»ga nisbatan hakamlarning qarorlari bo‘yicha statistikani keltirdi.

Madrid klubi a’zolarining umumiy yig‘ilishida so‘zga chiqqan Peres yana bir bor «Negreyra ishi»ga to‘xtaldi.

«Ayrim manbalar xabar berishicha, bu to‘lovlar 2001 yildan ham oldin boshlangan bo‘lishi mumkin. Men bu haqda boshqalar qatori 2023 yilda matbuot orqali xabar topganman.

Statistika, xususan, qizil kartochkalar bilan bog‘liq g‘ayrioddiy holatlar shunchaki aql bovar qilmas darajada. So‘nggi 10 yilda «Barselona» raqiblariga nisbatan son jihatidan ustunlikda 862 daqiqa o‘ynagan. «Real»da esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha salbiy balans mavjud.

VAR joriy etilganidan beri «Real»ning 42 ta goli bekor qilindi. Bu «Barselona»ning ko‘rsatkichidan (19 ta) ikki baravardan ham ko‘p.

Bularning barchasi La Liganing befarqligi fonida sodir bo‘lmoqda. Joriy mavsumda Negreyra davrida lavozimi ko‘tarilgan 21 nafar hakam faoliyat yuritmoqda. Shuncha voqeadan keyin ular yana biz ustimizdan shikoyat qilishmoqda!»

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting