locale OZ

Migel Sanchez «Jirona»ni tark etdi

«Girona» La Liga jadvalida 41 ochko bilan 19-o‘rinni egalladi va elita divizionni tark etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Migel Sanchez «Jirona»ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Michel Sanchez Ispaniyaning “Jirona” klubi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu qaror Kataloniya jamoasi La Ligadan tushib ketganidan so‘ng qabul qilindi.

«Michel Sanchez “Jirona”dagi faoliyatini davom ettirmaydi. Klub Madridda tug‘ilgan murabbiyga jamoani boshqarishda ko‘rsatgan sadoqati, fidoyiligi va professionalligi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi. Shuningdek, u klub a’zolari, muxlislar, rahbariyat va barcha xodimlarga nisbatan doimo samimiy, ochiq va hurmatli munosabatda bo‘lgani alohida ta’kidlanadi.

Uning boshchiligida “Jirona” o‘z tarixidagi eng yorqin davrlardan birini boshdan kechirdi. Jamoa nafaqat o‘ziga xos va jasur o‘yin uslubi orqali La Ligada mustahkam o‘rin egalladi, balki misli ko‘rilmagan natijalarga erishdi. Bu muvaffaqiyatlar 2023/2024 mavsumidagi tarixiy uchinchi o‘rin bilan yakunlandi va jamoa ilk bor UEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Klub, shuningdek, murabbiylar shtabi a’zolari — Salva Funes, David Porsel va Xuan Karlos Balagerni mehnatini ham yuqori baholadi. Ular ham jamoada faoliyatini yakunlamoqda.

«Jirona» Michel va uning jamoasiga kelgusi faoliyatida ham, shaxsiy hayotida ham ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilaydi», — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Jirona» La Liga jadvalida 41 ochko bilan 19-o‘rinni egalladi va elita divizionni tark etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting