Messi: «Rekordlar meni qiziqtirmaydi»
Messining Amerika klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Фото: Getty Images
«Inter Mayami»ning 39 yoshli hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi 937-goli haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Argentinalik futbolchi MLS muntazam chempionati doirasida «Nyu-Inglend Revolyushn»ga qarshi o‘tgan uchrashuvda (2:1) gol muallifiga aylandi.
«Faoliyatimdagi 937-golni urdimmi? Vau, jiddiymi? 1000 ta golga yetish uchun harakat qilyapmanmi? Yo‘q, men hech qanday raqamni quvmayapman. Doim rekordlar meni qiziqtirmasligini aytganman. Men shunchaki futboldan zavq olishni istayman», — dedi Messi uchrashuvdan keyin.
Argentinalik yulduz joriy mavsumda «Inter Mayami» safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Messining Amerika klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil oxirigacha mo‘ljallangan.