locale OZ

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» Martin Baturina uchun kurashmoqda

Futbolchining «Komo» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Futbol
«Manchester Yunayted» va «Chelsi» Martin Baturina uchun kurashmoqda
Photo: Getty Images

«Komo»ning hujumkor yarim himoyachisi Martin Baturina faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Daily Briefing nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» va «Chelsi» 23 yoshli xorvatiyalik futbolchini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Italiya klubi o‘z futbolchisining transfer qiymatini taxminan 80 million yevro deb belgilagan.

Hozirda APLning har ikki grandi ham ushbu transferni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Baturina joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Xorvatiyalik futbolchining «Komo» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting