«Liverpul» va «Nyukasl» «Bavariya» yarim himoyachisiga qiziqmoqda
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.
Futbol
Photo: Getty Images
«Bavariya» yarim himoyachisi Tom Bishof Angliya Premyer-ligasi vakillari e’tiboriga tushdi.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining o‘yinlarini «Liverpul» va «Nyukasl» klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Biroq hozircha uning transferi amalga oshishi ehtimoli past. Sababi, Myunxen klubi rahbariyati istiqbolli yarim himoyachini sotishni rejalashtirmayapti.
Tom Bishof joriy mavsumda «Bavariya» safida 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Ularning yettitasida asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi bitta gol va ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali Germaniya terma jamoasi a’zosining bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.