locale OZ

La Liga. «Atletiko» Syorlotning dubliga ko‘ra «Oviedo» ustidan zafar qozondi

Madrid klubi uchinchi pog‘onani egalladi.
Futbol
La Liga. “Atletiko” Syorlotning dubliga ko‘ra “Oviedo” ustidan zafar qozondi
ФОТО: Getty images

"Atletiko" Ispaniya chempionatining 14-turida o‘z maydonida "Oviedo"ni mag‘lub etdi — 2:0.

Madrid klubi safida norvegiyalik hujumchi Aleksandr Syorlot dubl qayd etdi — u 16 va 26-daqiqalarda gol urdi.

Natijada "Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda — jamoa 14 o‘yindan so‘ng 31 ochko to‘plagan. "Oviedo" esa 14 o‘yindan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalining oxirgi pog‘onasida qolmoqda.

La Liga. 14-tur

Atletiko — Real Oviedo — 2:0

Gollar: Syorlot, 16 (1:0). Syorlot, 26 (2:0)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting