locale OZ

Kompani mashg‘ulot paytida hushidan ketib, shoshilinch ravishda shifoxonaga olib ketildi

Avvalroq belgiyalik mutaxassis virusli infeksiyaga chalingan.
Futbol
Kompani mashg‘ulot paytida hushidan ketib, shoshilinch ravishda shifoxonaga olib ketildi
photo: gettyimages

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani mashg‘ulot vaqtida hushidan ketganidan so‘ng tez yordam mashinasida Myunxendagi shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Avvalroq klub bazasiga vertolyot qo‘ngani haqida xabar berilgan edi.

O‘tgan hafta belgiyalik mutaxassis virusli infeksiyaga chalingandi. 17 oktyabr kuni «Leypsig»ga qarshi uchrashuv vaqtidagi tanaffusda va o‘yindan keyin Kompani murabbiylar xonasida dam olgan, shuningdek, matbuot anjumanida ham ishtirok etmagan.

Qayd etilishicha, Vensandagi infeksiya avvaldan mavjud bo‘lgan chandiq to‘qimalari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Bundesliga 7-turida 25 oktyabr kuni o‘z maydonida «Frayburg»ga qarshi o‘ynaydi. Murabbiyning sog‘lig‘i va jamoa uchrashuviga ta’siri haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting