locale OZ

Arteta: «Bavariya» tarkibiga bir qarashning o‘ziyoq yetarli

Mikel Myunxen klubiga qarshi bahs borasida fikr bildirdi.
Futbol
Arteta: «Bavariya» tarkibiga bir qarashning o‘ziyoq yetarli
Фото: Getty Images
Chempionlar ligasi
21.10.2026, Yak.
Bavariya
2
Arsenal
2

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yin oldidan «Bavariya» jamoasining salohiyatini yuqori baholadi.

– «Bavariya» tarkibiga bir qarashning o‘ziyoq yetarli. Jamoa murabbiylar shtabi tomonidan juda puxta tayyorlangan, o‘yinchilarning ruhiyati, har bir harakatdagi ishonchi yuqori. Shu bilan birga, futbolchilar individual mahorati hisobiga ham vaziyat yarata olishadi. Bu ular urgan gollaridan, yaratgan imkoniyatlaridan yaqqol ko‘rinib turibdi. Biz aynan shunday raqibga qarshi maydonga tushishni istaymiz. Bu chaqiriqni qabul qilishga tayyormiz va faqat g‘alabaga intilgan holda o‘ynaymiz, – deya Arteta so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltiradi.

«Bavariya» – «Arsenal» uchrashuvi bugun, 21 oktabr kuni, Chempionlar ligasi guruh bosqichining uchinchi turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting