locale OZ

Kannavaro: «Yigitlar ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular bilan faxrlanaman»

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Eronga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnadistlarning savollariga javob qaytardi.
Kannavaro: «Yigitlar ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular bilan faxrlanaman»
photo: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Eronga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oson o‘yin bo‘lgani yo‘q. Eronga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘ish uchun bizda uch kun vaqt bor edi. Shunga qaramay, o‘yinchilar bilan ko‘p gaplashdik. Bellashuvning dastlabki 20 daqiqasi muhimligi bo‘yicha suhbatlashdik.

Eron milliy jamoasi asosan standart vaziyatlarda bizga xavf tug‘dirishi mumkinligini bilardik. Futbolchilar yaxshi o‘yi ko‘rsatishdi. Jamoaviy o‘yin bilan yaxshi natijaga erisha olishimizni tushuntirdim. G‘alaba yoki mag‘lubiyat bo‘ladimi birdamlik bilan harakat qilishimiz kerakligini ta’kidladim. Yigitlardan faxrlanaman, ular yaxshi futbol ko‘rsatishdi. Bu natijani tezroq unutib, keyingi o‘yinlar haqida o‘ylashimiz kerak.

- Abduvohid Ne’matovning jarohati siz uchun qanchalik kutilmagan holat bo‘ldi?

- Tarkibdagi barcha o‘yinchilarga ishonaman. Kecha Ne’matov jaroha oldi va Eronga qarshi o‘ynamasligi ma’lum bo‘lgandi. Ammo qolgan o‘yinchilarga ishonchim komil edi. Vladimir Nazarovni Elit Osiyo Chempionlar ligasida o‘yinlarini ko‘rgandik va uni maydonga chiqarishga qaror qildik. Yig‘inga kim chaqirilgan bo‘lsa, barchasi to‘liq holatda kelishgan. Avval ham aytganimdek, milliy jamoaning eshiklari barcha uchun ochiq. Avvalgi yig‘inlarda kimlarning mehnatlari, saralashdagi yordami uchun bonus bergan bo‘lsak, endilikda bunday imtiyozlar bo‘lmaydi. Kim milliy jamoaga munosib va tayyor bo‘lsa, o‘shani chaqiramiz. Bizni oldinda Osiyo kubogi kutib turibdi. Turnirga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun bir oy vaqt vaqtimiz bo‘ladi. O‘sha yig‘inga yigitlar tayyor holatda kelishadi degan umiddaman.

- Eronga qarshi bahsda sizga yoqmagan jihatlar ham bo‘ldimi?

- Ushbu bahsda ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdik. Ammo bosh murabbiy sifatida yanada yaxshilash imkoniyatlarini izlayman. Eron bizning xatolarimizdan foydalana olmagan bo‘lishi mumkin. Lekin boshqa raqiblar buni aslo kechirmaydi. Ayniqsa, markaziy yarimhimoyachilardan jamoaviy o‘yin ko‘rsatishni so‘radim. Shuningdek, jarima maydonchamiz atrofida qoida buzilmaslik so‘raldi. Ammo baribir shu uslubda xato qildik va golni ham shu tariqa o‘tkazib yubordik. O‘ylaymanki, biz yanada yaxshilashimiz mumkin bo‘lgan jihatlar bor.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting