Dakar. Bokschilarimizning musobaqada ishtirok etuvchi tarkibi ma'lum
31 oktyabrdan 13 noyabrga qadar Senegal poytaxti Dakar shahri IV yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Boks
photo: boks Uzbekistan
31 oktyabrdan 13 noyabrga qadar Senegal poytaxti Dakar shahri IV yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Dunyoning eng iqtidorli yosh sportchilari jam bo‘ladigan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini 3 nafar bokschimiz himoya qiladi.
Yosh charmqo‘lqop ustalarimizga Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!
Tarkibimiz bilan tanishing:
-65 kg. Ibrohim Shokirjonov
-54 kg. Sabrina Chakomanova
-60 kg. Rushanabonu Isoyeva
Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Temur Axbayev.