Ertaga O'FF prezidenti kubogi - 2026/2027 musobaqasining barcha ishtirokchilari nomi aniqlanadi
Ikki yildirki, O‘zbekiston futzal federatsiyasi futzalga mehr qo‘ygan, ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan havaskorlar uchun alohida musobaqa tashkil etib kelmoqda. Mazkur loyiha orqali havaskorlarning salomatligini mustahkamlash, yangi iste’dodlarni kashf etish va futzalning ommaviyligini yanada oshirish uchun keng imkoniyat yaratilmoqda.
2025/2026-yilgi “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasi katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilib, unda “Parma” jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi. Musobaqadagi g‘alabasi tufayli “Parma” hududiy chempionlar kubogida ham ishtirok etib, Birinchi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy yilning 24–25-oktabr kunlari esa “O‘FF Prezidenti kubogi – 2026/2027” musobaqasining saralash bahslariga start berildi. Ikki kun davomida 36 ta da’vogar jamoa juftliklarga ajratilib, birinchi saralash bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.
Ertaga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida saralashning ikkinchi va hal qiluvchi bosqichi — pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahslardan so‘ng 2026/2027-yilgi mavsumda “O‘FF Prezidenti kubogi”da ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi: to‘qqizta juftlik g‘olibiga musobaqaning bosh homiysi BMB Holding kompaniyasining havaskorlar jamoasi ham qo‘shiladi.
“O‘FF Prezidenti kubogi – 2026/2027” musobaqasining asosiy bosqichiga yo‘llanma beruvchi pley-off uchrashuvlari taqvimi:
31-oktabr, shanba
08:00 — “Istiqlol” – “Ekspress”
09:00 — “Korzinka” – “Agrosanoat”
10:00 — “Singapur” – “Olimpik”
11:00 — “Tayan” – “Great Future”
12:00 — “Inbox” – “BMU”
14:00 — “O‘zGEO” – “Eksklyuziv”
15:00 — “Parma-2” – “Hayot Bank”
16:00 — “SQB” – “MKM Metal”
17:00 — “TATU” – “Voris FK”