locale OZ

Dakar-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi 11 sport turida 19 nafar sportchi bilan ishtirok etadi

Joriy yilning 31-oktyabr – 13-noyabr kunlari Senegal poytaxti Dakar shahrida IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Dakar-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlarida 11 sport turida ishtirok etadi
photo: Autosport Uzbekistan

Dakar-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlarida 11 sport turida ishtirok etadi

Joriy yilning 31-oktyabr – 13-noyabr kunlari Senegal poytaxti Dakar shahrida IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 11 sport turida 19 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ayni paytda sportchilarimiz bo‘lajak bellashuvlarga so‘nggi tayyorgarlikni olib borishmoqda. Musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz va ularning dasturlari bilan tanishing:

Boks:
– Ibrohim Shokirjonov (-65 kg)
– Sabrina Chakomonova (-54 kg)
– Rushanabonu Isoyeva (-60 kg)

Dzyudo:
– Jo‘rabek Eshpo‘latov (-100 kg)

Tayekvondo WT:
– Asadbek Samandarov (-55 kg)

Suzish:
– Muhammadismoil Rahmonov (50 m brass, 100 m brass, 200 m brass)
– Parizod Abdukarimova (50 m erkin, 50 m chalqancha, 100 m chalqancha)

Qilichbozlik:
– Nargiza Utebayeva (Sablya, yakkalik)

Kamondan otish:
– Bekzod Boborajabov (Yakkalik)

Sport gimnastikasi:
– Yaroslava Chernobrovkina (Yakkalik ko‘pkurashi)

Yengil atletika:
– Parizoda Talabova (nayza uloqtirish)
– Shodiyona Rahmonova (400 m to‘siqlar osha)
– Nasimaxon Ma’mirova (2000 m to‘siqlar osha)
– Niginabonu Rajabova (100 m to‘siqlar osha)
– Shahzodbek Xolmurodov (Uch hatlab sakrash)
– Munavvar Xolto‘rayeva (1500 m yugurish)

Ushu:
– Gulira’no Xolmo‘minova (Taolu)

Triatlon:
– Abilayxan O‘rinbosarov (Yakkalik)

Veloshosse:
– Gulhayo Sattorova (Guruh poygasi, vaqt poygasi)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting