Kamilla Rahimova Tokio turnirining yarimfinalida
O‘zbekiston vakili Kamilla Rahimova Toray Pan Pacific Open turnirining chorakfinalida avstraliyalik Maya Jointni 7:5, 5:7, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Tennis
photo: Tennis Uzbekistan
Kamilla Rahimova Tokio turnirining yarimfinalida.
O‘zbekiston vakili Kamilla Rahimova Toray Pan Pacific Open turnirining chorakfinalida avstraliyalik Maya Jointni 7:5, 5:7, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Yarimfinalga chiqishi orqali Kamilla 195 reyting ochkosi va 66 003 AQSh dollari mukofot pulini kafolatladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yarimfinalga chiqish Kamillani reytingda 45-o‘ringa olib ko‘tarishi mumkin. Demak, u Top‑50 talikka kirishi mumkin. Reytingning rasmiy yangilanishi keyinroq e’lon qilinadi.