Jezush Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirdi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan o‘zaro munosabatlari haqida fikr bildirdi.
Noyabr oyi boshida 41 yoshli futbolchi milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi. Avvalroq hujumchi va portugaliyalik murabbiy o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani, ammo bu muammoni hal qilishning imkoni bo‘lmagani haqida xabarlar tarqalgandi.
«Men Ronaldu bilan terma jamoaga tayinlanishimdan oldin bir yil ishlaganman va uni shaxsan yaxshi tanib olganman. Men uning do‘stiman. «Al-Nasr»ga kelganimdan keyin unga: “Men bu yerga sizga chempionlikni qo‘lga kiritishda yordam berish uchun keldim”, deganman», — deya 72 yoshli mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.
Jorje Jezush 2025-yil iyulidan 2026-yil iyuniga qadar «Al-Nasr»ni boshqargan. Shundan so‘ng u Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.