locale OZ

Islom Ismoilov: «To‘g‘risi, hozir ichki his-tuyg‘ularim o‘zimda emas»

«Neftchi» ustozi «Traktor»ga qarshi boy berilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
Futbol
Islom Ismoilov: «To‘g‘risi, hozir ichki his-tuyg‘ularim o‘zimda emas»
photo: Neftchi FK
Osiyo Chempionlar Ligasi
02.11.2026, Yak.
Tractor
2
Neftchi Fargona
2

OCHL Elit musobaqasining navbatdagi turida «Neftchi» Omanda Eronning «Traktorsozi» klubiga qarshi bahs olib bordi.
O‘yin 2:2 hisobida durang natija bilan tugadi.

Holbuki, farg‘onaliklar yarim soatdan ortiq vaqt davomida raqibdan bir futbolchi ko‘p bo‘lib harakat qildilar va g‘alabaga juda yaqin kelishgandi. Lekin oxirgi daqiqadagi qo‘pol xato evaziga tayyor g‘alaba qo‘ldan chiqib ketdi.

Mana shunday alamli o‘yindan keyin «Neftchi»ning ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- Ikki safardan beri oxirida alamli gollar o‘tkazib yuboryapmiz. Oxirida qilingan xato, umuman tushunarsiz holat bo‘ldi. Hayronman, o‘sha vaziyatda futbolchimiz kimga nimani ko‘rsatmoqchi bo‘ldi? Oddiy vaziyatda, o‘yin davom etyapti, yutib ketadigan o‘yinimizda gol o‘tkazib yuboryapmiz. Bugun ikki ochko yo‘qotdik.

- O‘yindan qoniqish hosil qilmagandek ko‘rinyapsiz...

- Albatta, o‘yindan umuman qoniqqanim yo‘q. Aytyapman-ku, oddiy holatda ikki gol o‘tkazib yubordik. O‘yinni to‘liq nazorat qildik, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Raqib o‘zini ikkita imkoniyatidan foydalanib ketdi. Bu juda og‘riqli, juda alamli holat. Chunki maydonda juda katta mehnat qilgandik. Futbolchilar katta hajmdagi ishni bajarishdi. Afsuski, arzimagan xatoning hisobiga oxirgi daqiqada alamli golni o‘tkazib yubordik.

Umuman, bu natijaga loyiq emasdik. To‘g‘risi, hozir ichki his-tuyg‘ularim o‘zimda emas. Hozir o‘zimga sig‘mayapman. Murabbiy sifatida o‘zimni kechira olmaydigan vaziyat. Nimagaki, tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Bu achinarli va afsusli holat», - deya Islom Ismoilovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting