locale OZ

Islandiya Lyuksemburgni yirik hisobda mag‘lub etdi

Islandiya 14 ochko jamg‘arib, o‘z guruhida g‘olib chiqdi hamda B ligasiga yo‘l oldi.
Futbol
Islandiya Lyuksemburgni yirik hisobda mag‘lub etdi
Photo: Getty Images

Millatlar ligasi uchrashuvida Islandiya terma jamoasi Lyuksemburg ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Mezbonlar birinchi bo‘limning o‘zidayoq qulay ustunlikni qo‘lga kiritdi va ikkinchi taym boshida hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Brinyolfur Darri Vilyumsson hisobni ochdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, islandiyaliklar penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Andri Gudjonsen 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvdagi so‘nggi gol 50-daqiqada kiritildi. Mikael-Egil Ellertsson Islandiyaning uchinchi goliga mualliflik qilib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. Lyuksemburg raqib darvozasiga javob golini kirita olmadi va bahs mezbonlarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Islandiya 14 ochko jamg‘arib, o‘z guruhida g‘olib chiqdi hamda B ligasiga yo‘l oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting