Futzal. O'zbekiston milliy jamoasi Tojikiston darvozasiga javobsiz uchta gol urdi
Bugun poytaxtimizdagi O‘FA Terma jamoalar markazi sport zalida futzal bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi rejalashtirilgan ilk o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan bahsda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi hisob 3-daqiqada Behruz Samiyev tomonidan ochildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga uch daqiqa qolganida esa Quvonchbek Jahonov mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston terma jamoasi o‘yin tizginini qo‘ldan bermadi. Mag‘lubiyatdan qutulish yo‘lini izlagan mehmonlar uchrashuvning so‘nggi soniyalarida uchinchi golni ham o‘tkazib yuborishdi. 40-daqiqada Behruz Samiyev o‘zining ushbu bahsdagi dublini rasmiylashtirdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov boshchiligidagi ilk uchrashuvida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston – Tojikiston 🇹🇯 — 3:0 (2:0)
8-noyabr, 2026-yil
Toshkent. O‘FA Terma jamoalar markazi sport zali
Gollar: Behruz Samiyev (3, 40), Quvonchbek Jahonov (17).
Hakamlar: Timurbek To‘xtabayev, Nurbek Arstanbay uulu (ikkalasi ham Qirg‘iz Respublikasidan).
O‘zbekiston (boshlang‘ich tarkib): Jasur Rizbonov, Ilhom Hamroyev, Behruz Samiyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev (s).
Zaxiradagilar: Abbos Elmurodov, Anasxon Rahmatov, Eldor Nigmatov, Fazliddin Botirov, Asilbek Vafoyev, Abdulboriy Ilyosov, Sunnatilla Jo‘rayev, Quvonchbek Jahonov, Tohir Abdukarimov.
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov.
Tojikiston (boshlang‘ich tarkib): Nuriddin Jabborov, Nasratsho Ismoilov, Samandar Rizomov, Muhammad Rajabov, Nekruz Idiyev.
Zaxiradagilar: Firuz Bekmurodov, Amirjon Rahimov, Muhammad Avg‘onov, Bahodir Xo‘jayev, Muhammad Sharipov, Umed Qo‘ziyev, Siyovush Qayumov, Xusrav Xoliqnazarov, Dilshod Salomov (s).
Bosh murabbiy: Payrav Vohidov.