locale OZ

Superliga. «Nasaf» 90-daqiqada gol urib, «Buxoro»ni mag‘lub etdi

Qarshiliklar bir kishi kam bo‘lib qolgan raqib darvozasiga o‘yinning yakuniy qismida gol urdi.
Futbol
Superliga. «Nasaf» 90-daqiqada gol urib, «Buxoro»ni mag‘lub etdi
photo: Nasaf fk

O‘zbekiston Superligasining 27-turida «Nasaf» safarda «Buxoro» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 85-daqiqada mezbonlar sardori Sardor Qulmatov ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Bahsdagi yagona gol 90-daqiqada kiritildi. Oybek Rustamov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Nasaf»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Nasaf» 45 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Buxoro» esa 42 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.

Superliga. 27-tur
Buxoro — Nasaf 0:1
Gol:
Rustamov 90.
Ogohlantirishlar: Qulmatov 20, Murtazoyev 26, G‘ulomov 75.
Chetlatish: Qulmatov 85 (ikkinchi ogohlantirish).

Buxoro: Hamroyev, Muxtorov, Todorov, Qulmatov, Mamasiddiqov, Esanov, Rajabov, Yo‘ldoshev (Jo‘rabekov, 84), Rodich (Qayumov, 84), Jo‘raboyev (Ubaydullayev, 65), Kachavara (Ro‘ziyev, 73).
Nasaf: Ne’matov, Davronov, G‘aybullayev, Abdunazarov (Otubanjo, 66), Eshmurodov, Rustamov, G‘ulomov, Muhiddinov, Murtazoyev, Shala, Abduxoliqov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting