locale OZ

Touni «Nyukasl»ga o‘tishi mumkin

Uning amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyining oxirigacha tuzilgan.
Futbol
Touni «Nyukasl»ga o‘tishi mumkin
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Ahli» safida to‘p surayotgan angliyalik hujumchi Ayven Touni Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

30 yoshli futbolchiga «Nyukasl» klubi qiziqish bildirmoqda. «Qarg‘alar» yanvar oyidagi transfer oynasida hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin.

Futbolchining transfer qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ayven Touni 2024-yildan buyon Saudiya Arabistoni klubida o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyining oxirigacha tuzilgan.

Joriy mavsumda Touni Saudiya Arabistoni chempionatida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting