locale OZ

«Bu juda og‘ir qaror bo‘ldi. Biroq ko‘plab jihatlarda orqaga ketdik» — Berrada

«MYU» ijrochi direktori Kerrikning iste’fosi haqida fikr bildirdi.
Futbol
«Bu juda og‘ir qaror bo‘ldi. Biroq ko‘plab jihatlarda orqaga ketdik» — Berrada
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
22.11.2026, 11.30
Liverpul
-
Manchester Yunayted
-

«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Omar Berrada Maykl Kerrik bilan hamkorlikni to‘xtatish qarori qanday qabul qilingani haqida aytdi.

«Ochig‘ini aytsam, bu juda og‘ir qaror bo‘ldi. Ayniqsa, klubda barcha Mayklni qanchalik qadrlashini hisobga olsak.

Yangi mavsum boshlanishi bilan vaziyat biz kutgandan ancha murakkab ekani ma’lum bo‘ldi. Natijalar qoniqarli darajada emasdi. Menimcha, ko‘plab jihatlarda orqaga ketdik.

Biz noyabr oyidagi milliy jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusgacha kutishni istadik. Shu vaqtga qadar jamoadagi vaziyatni batafsil o‘rganish va qaysi yo‘nalishlarni yaxshilash kerakligini aniqlashni rejalashtirgandik. Yakunda bosh murabbiyni almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildik”», — dedi Berrada Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Kerrikning o‘rniga 13 noyabr kuni Maurisio Pochettino tayinlandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting