locale OZ

Umаrali Rahmonaliyev faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Hozircha Rossiya jamoalari yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan yoki bildirmagani noma’lum.
Futbol
Umаrali Rahmonaliyev faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin
Фото: Getty Images

Ozarbayjonning “Sabah” klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umаrali Rahmonaliyev faoliyatini Rossiya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Sport24.az nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchining agentlari uni Qozonning “Rubin” hamda “Krasnodar” klublariga taklif qilgan. Hozircha Rossiya jamoalari yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan yoki bildirmagani noma’lum.

Qayd etish joiz, Rahmonaliyev Rossiya futboli bilan yaxshi tanish: u 2023-yilning yanvaridan boshlab “Rubin” sharafini himoya qilgan, 2025-yil yanvarida esa ijara asosida “Sabah”ga ko‘chib o‘tgan. Oradan bir yil o‘tib, Boku klubi futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olgan. E’tiborli jihati, ayni paytda “Krasnodar”ni avval “Sabah” bosh murabbiyi sifatida ishlagan Murad Musayev boshqarmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting