locale OZ

Sambochilarimiz SHHT Ochiq turnirini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi

Musobaqada 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston 7 ta medal qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sambochilarimiz SHHT Ochiq turnirini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi
Фото: SAMBO ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida SHHT Ochiq kubogi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqada 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi sambchilari 7 ta medal qo‘lga kiritishdi.

Vakillarimiz musobaqani 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi.

Sovrindorlarimiz ro‘yxati:

Oltin:


-64 kg: Sardor Olimjonov
-72 kg: Muhlisa Turdiyeva
-71 kg: Sharif Qo‘shayev (jangovar sambo)
-88 kg: Mirzatilla Egamnazarov (jangovar sambo)

Kumush:


-98 kg: Shohjahon G‘olibov

Bronza:

-79 kg: Muhammad Yusuf Yusufjonov
-54 kg: Shohida Xont‘o‘rayeva

Bu natija orqali sambochilarimiz 10 ta mamlakat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting