locale OZ

«Barselona» Nuneshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Himoyachining amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
«Barselona» Nuneshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Barselona» «Manchester Siti»ning qanot himoyachisi Mateush Nuneshni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi kataloniyaliklar qiziqish bildirayotgan futbolchilar qatoridan joy olgan.

Manbaga ko‘ra, Nuneshga nafaqat «Barselona», balki Angliya Premyer-ligasining bir nechta klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi 2023-yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilmoqda. U ushbu mavsum Angliya chempionatida beshta bahsda maydonga tushgan. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Nuneshning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting