locale OZ

«Manchester Siti» 10 yilgacha yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin

Klub mustaqil komissiya qarori ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgan.
«Manchester City» 10 yilgacha yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" klubi moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ish yuzasidan 7 yildan 10 yilgacha yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin.

Jurnalist Sezar Augusto Londononing ma’lum qilishicha, agar klubga nisbatan chiqarilgan qaror apellyatsiya jarayonidan keyin ham o‘z kuchida qolsa, UEFA "shaharliklar"ga nisbatan uzoq muddatli diskvalifikatsiya jazosini qo‘llashi mumkin.

Angliya Premer-ligasining mustaqil komissiyasi "Manchester Siti"ni 2009–2018 yillar davomida moliyaviy qoidalarni buzish bilan bog‘liq 115 ta ayblovning aksariyati bo‘yicha aybdor deb topgan.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, klub o‘z daromadlarini 830 million funt sterlingdan ortiq miqdorda sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatgan. Moliyaviy hisobotlardagi buzib ko‘rsatishlarning umumiy hajmi esa 900 million funtdan oshgan.

Shu bilan birga, "Manchester Siti" mazkur ayblovlarni rad etmoqda va mustaqil komissiya qarori ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting