Sevil Yuldasheva — ITF turniri finalchisi
Sevil Yuldasheva — ITF turniri finalchisi.
O‘zbekistonlik tennischi Sevil Yuldasheva germaniyalik Anastasiya Kuparev bilan birgalikda Pokistonning Islomobod shahrida o‘tkazilgan W15 Islamabad turnirining juftlik bahslarida finalga qadar yetib bordi.
Chorak finalda ular Florentine Dekkers va Emma van Poppel juftligini 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa Warona va Wozuko Mdlulwa juftligi bilan uchrashuv raqiblarning maydonga chiqmagani sababli o‘tkazilmadi.
Finalda Sevil Yuldasheva va Anastasiya Kuparev Ru Xi Wu hamda Kamonwan Yodpetchga 6:3, 4:6, 2:10 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Sevil Yuldasheva W15 Islamabad turnirining juftlik bahslari finalchisi bo‘ldi.
Turnir 12–18-oktabr kunlari qattiq qoplamali kortlarda o‘tkazildi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi — 15 000 AQSh dollari.