locale OZ

Mareska: «O‘zgarishlardan so‘ng o‘yinimiz yaxshilandi»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
Mareska: «O‘zgarishlardan so‘ng o‘yinimiz yaxshilandi»
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
11.10.2026, Yak.
Liverpul
0
Manchester Siti
3

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska APL 6-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (3:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Juda og‘ir sharoitda kechgan o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda bizga qiyin bo‘ldi. To‘pga egalik qildik, ammo hujumlarda samarali harakat qila olmadik. Ikkinchi bo‘lim oldidan ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirdik va shundan so‘ng o‘yinimiz ancha yaxshilandi. Hujumlarning dastlabki bosqichida xatolarga yo‘l qo‘ydik, biroq ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni kuchaytirdik.

Maydon tashqarisidagi holatlar jamoaga ta’sir qilishi mumkinmi? Balki, ha, ehtimol, yo‘q. Buni bilmayman. Bunday vaziyat jamoa va muxlislarni yanada jipslashtirishi mumkin. Umid qilamanki, g‘alabalarni birgalikda nishonlaymiz. Biz faqat shu maqsadga e’tibor qaratganmiz
», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting