«MYU» Fernandes bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholagan.
Фото: Getty Images
«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa sardorlaridan biri Bruno Fernandesni saqlab qolmoqchi. Jurnalist Pit O'Rourk ma’lumotlariga tayangan TEAMtalk xabariga ko‘ra, mankunianliklar portugaliyalik futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashni maqsad qilgan.
32 yoshli yarim himoyachining «qizil iblislar» bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Shu sababli klub futbolchini uzoq muddatga jamoada olib qolish choralarini ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes 2020 yil yanvaridan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholagan.