Mareska — APLda yangi jamoasi bilan dastlabki 6 ta o‘yinni yutgan 4-murabbiy
6 ta turdan so‘ng «Manchester Siti» 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Фото: Getty Images
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska APL tarixida klubga tayinlanganidan keyin ligadagi dastlabki 6 ta bahsning barchasida g‘alaba qozonishga erishgan to‘rtinchi mutaxassisga aylandi. Bu haqda Squawka statistik portali xabar bermoqda.
11-oktabr, yakshanba kuni «Manchester Siti» APL 6-tur o‘yinida «Enfild» stadionida «Liverpul»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bungacha Premyer-ligada yangi jamoasi bilan dastlabki 6 ta o‘yinda g‘alaba qozonishni Karlo Anchelotti, Xosep Gvardiola va Ole-Gunnar Sulsher uddalagandi.
6 ta turdan so‘ng «Manchester Siti» 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.