locale OZ

Bahrom Haydarov: O‘yin paytida baribir qizishib ketish bo‘ladi. Hasanov yiqilgan paytda penalti so‘radim

Qo'qon-1912 bosh murabbiyi Mash'al bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrom Haydarov:  O‘yin paytida baribir qizishib ketish bo‘ladi. Hasanov yiqilgan paytda penalti so‘radim
photo: Qo'qon-1912
O‘zbekiston Superligasi
02.11.2025, Yak.
Mashal
1
Qo'qon-1912
0

Bahrom Haydarov: "Bunchalik oson gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi"

Superliganing 27-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


"Turnir jadvalida bir-biriga yaqin jamoalar to‘qnash kelishdi. O‘ylaymanki teng o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoaga ham ochko juda zarur edi, shu bois maydonda ko‘p kurash bo‘ldi. Boshida o‘yinni yaxshi boshladik, nazorat qilayotgan edik. Bunchalik oson gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. Hisobda ortda qolishni boshlagach, jamoamizda asabiylik paydo bo‘ldi va oddiy vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmadi. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, Hasanovda, Datsida. Agar o‘sha vaziyatlardan foydalanganimizda o‘yin boshqacha bo‘lardi. Teng o‘yin bo‘ldi. "Mash’al"ni g‘alaba bilan tabriklayman", - dedi Bahrom Haydarov.

- Hakamlarga nisbatan ko‘p bor e’tiroz bildirdingiz. Aynan qaysi vaziyatlarga nisbatan e’tiroz bo‘ldi?

- O‘yin paytida baribir qizishib ketish bo‘ladi. Hasanov yiqilgan paytda penalti so‘radim. Hakam o‘z qarorini tushuntirdi va bizda boshqa e’tiroz bo‘lmadi. Oldimizda 3 ta o‘yin bor va nasib qilsa oldimizga qo‘yilgan vazifani bajaramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting