locale OZ

Superliga. «Mash’al» oʻz maydonida «Qo‘qon-1912»dan ustun keldi

Uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Mash’al» oʻz maydonida «Qo‘qon-1912»dan ustun keldi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
02.11.2025, Yak.
Mashal
1
Qo'qon-1912
0

Oʻzbekiston Superligasi 27-turidan oʻrin olgan bahsda «Mash’al» oʻz maydonida «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi va yakunda minimal hisobda gʻalaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 13-daqiqada Humoyun Murtazoyev tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, «Mash’al» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 26 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. «Qo‘qon-1912» esa 29 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 27-tur

«Mash’al» — «Qo‘qon-1912» 1:0

Gol: Murtazoyev (13).

Mash’al — Dostonbek To‘xtaboyev, Yergash Ismoilov, Samandar Ochilov, Sherzod Fayziyev, Avazxon Mamatxo‘jayev, Dmitriy Yashin (Muhammadali Aliqulov, 46), Islom Sharipov (Javohir Alimov, 53), Nurjahon Muzaffarov (Sardor Abduraimov, 53), Xumoyun Murtozoyev, Anvar Murodov (Aminu Umar, 32), Nuriddin Nuriddinov (Zafarbek Akramov, 81).

Qo‘qon-1912 — Azizxon Isaqov, Asliddin Toshtemirov, Andro Giorgadze, Jasurbek Yaqubov, Shahzod Akramov, Abror Karimov, Shota Gvazava (Iqboljon Malikjonov, 62), Muhammadanas Hasanov, Shohruh Gadoyev (Javohir Husanov, 46), Abdug‘afur Haydarov, Kleydi Datsi (Jasur Xolto‘rayev, 62).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting