Ekspert hakamlar guruhi Mash’al – Qo’qon-1912 uchrashuvidagi bahsli epizod yuzasidan xulosa berdi
Bosh hakam VARning chaqiruvidan keyin to’g’ri qaror chiqargan.
photo: Qo'qon-1912
O‘zbekiston Superligasi
02.11.2025, Yak.
Mashal
1
Qo'qon-1912
0
“Mash’al” va “Qo’qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 49-daqiqasida bosh hakam “Mash'al” darvozasi tomon penalti belgiladi.
VAR aralashuvidan so‘ng bosh hakam epizodni qayta ko‘rib chiqib, ushbu vaziyatda davozabon to'pga o‘ynagani va birinchi bo'lib tegingani hamda yo‘nalishni o‘zgartirgani sababli penaltini bekor qilgan. Raqib futbolchisi darvozabonga o'zi urilgan.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, mazkur holatda bosh hakam VARning chaqiruvidan keyin to’g’ri qaror chiqargan
Ibrohim Jalolov
Redaktor