locale OZ

Otabek Narzullayev: Muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi

Mash'al bosh murabbiyi Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi bahsdan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Otabek Narzullayev: Muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi
photo: Mash'al fk
O‘zbekiston Superligasi
02.11.2025, Yak.
Mashal
1
Qo'qon-1912
0

Superliganing 27-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Otabek Narzulla matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugungi g‘alaba suv va havodek zarur edi. Juda ko‘p mag‘lubiyatlar bo‘lgandi, qachondir g‘alaba bo‘lishi kerak edi. Qiyin g‘alaba bo‘ldi. To‘g‘ri bahs so‘nggida vaziyatlardan foydalana olmadik. Barchani tabriklayman. Muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi", - dedi Otabek Narzullayev.

- Bugun o‘yin davomida uch nafar futbolchi jarohat tufayli almashtirildi. Ularning holati qanday?

- Hozircha bilmayman, tekshiruvlardan keyin aniq bo‘ladi. Javohir Abdualimovning holati yaxshi emas deyishmoqda, bilmadim bu nima bilan bog‘liq. Dmitriy Yashin oyog‘ida ozgina noqulaylik his qilgani uchun almashtirdik. Anvar Murodov esa raqib bilan to‘qnashuvdan keyin almashtirishga majbur bo‘ldik. Albatta bu o‘zgarishlar bizning rejalarimizga ta’sir qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting