\"Andijon\" ukrainalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Andijon" ukrainalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Sports24.uz nashri xabariga ko‘ra, ukrainalik darvozabon Artyom Odintsov O‘zbekistonning "Andijon" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
195 sm bo‘yga ega bo‘lgan posbon 2000 yilda Donetsk viloyatida tug‘ilgan. Faoliyatining katta qismini Vengriyada o‘tkazgan Odintsovning so‘nggi klubi "Dyo‘shdyor" bo‘lgan. Ushbu jamoa bilan shartnomasi 1 iyul kuni yakuniga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda “Andijon” klubini Maksim Shatskix boshqarmoqda. Jamoa bu yil OChL-2 turnirida ishtirok etadi.
Farhod Fayziyev
Ekspert